TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Sayfiddin Nizamovni tayinladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
"TurStat" tahlil agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, MDH davlatlari bo‘yicha sayyohlar o‘rtasida eng sevimli shaharlar ro‘yxatida Toshkent beshinchi o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yil avgust boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistoni rekonstruksiya va rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 50 mln dollar miqdorida sarmoya ajratilishi to‘g‘risida qaror imzolagan edi.
Ushbu mablag‘ hisobiga Toshkent viloyatida yangi zamonaviy mehmonxonalar, hiyobonlar va sog‘lomlashtirish markazlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.