TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Andijonda ko‘p qavatli uy tomida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchini tok urdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, qo‘p qavatli uyda ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchini tok urish oqibatida xushini yo‘qotgan. Hodisa haqida Navbatchilik qismiga ishchining hamkasbi qo‘ng‘iroq qilib ma’lum qildi.
Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, ishchiga shoshilinch yordam ko‘rsatishdi. FVV xodimlari ishchini maxsus anjomlar yordamida qo‘p qavatli uy tomidan pastga tushirib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi.