50 yoshli duradgor Samarqanddan Toshkentgacha yugurib keldi

Obuna bo‘lish
Ushbu antiqa marafonni usta Mustaqillikning 26-yilligi va Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlashini e’lon qildi.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Samarqandlik 50 yoshli duradgor usta bir kishilik marafon uyushtirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Registon maydonida 22-avgust kuni boshlangan yakkaxon marafon 27-avgust kuni Toshkentda  yakunlandi. Umumiy hisobda Samarqanddan Toshkentgacha bo‘lgan masofani yugurib o‘tish uchun 5 kun vaqt ketdi.

“Men yugurishni har tongda boshlab, to kuchim tugaguniga qadar davom ettirdim. Kuniga o‘rtacha 65 km bosib o‘tdim. Tunlari duch kelgan joyda uxladim, lekin shuni aytish kerak-ki hamma joyda menga yordam berishga tayyor ko‘ngilchan va xushfe’l insonlar topildi”, — deydi Shokir Ahrorov o‘z marafoni haqida.

Ahrorov aytishga qaraganda bu uning birinchi  tajribasi emas. Oldin u velosipedda butun O‘zbekistonni aylanib chiqqan ekan. Toshkent, Samarqand, Temez, Qo‘qon  shaharlarida bo‘lgan ekan.

“Mening ushbu niyatimga yetishga yordam bergan barchaga minnatdorligimni bildirmoqchiman. Bugungi natijamni O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligiga  va birinchi prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlayman”, — dedi marafonchi.

Shokir Ahrorovning keyingi maqsadi velosipedda Parijgacha yetib borish. Yo‘nalish allaqachon tuzilgan, endi uni amalga oshirish kerak xolos.

Yangiliklar lentasi
0