Siyosat

Quronboyev "Yoshlar press klubi" ishga tushirilayotgani haqida xabar berdi

© Mejdunarodnыy press-klub / Qahramon Quronboyev, Yoshlar Ittifoqi raisi
Qahramon Quronboyev, Yoshlar Ittifoqi raisi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushiriladigan press klubda dastlabki sessiya 2017-2018 oʻquv yiliga oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, sohadagi muammolar hamda yechimini kutayotgan masalalarga bagʻishlanadi

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Oʻzbekiston mustaqilligining 26 yilligi arafasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining "Yoshlar press klubi" oʻz faoliyatini boshlaydi, deb xabar qildi oʻzining Feysbukdagi sahifasida Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev. 

Xabarga koʻra, press klubda Oʻzbekiston fuqarolarining taklif va istaklari asosida yoshlarga oid davlat siyosatining turli masalalari tegishli mutasaddi va mutaxassislar ishtirokida muhokama etiladi.

Dastlabki sessiya 2017-2018 oʻquv yiliga oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, sohadagi muammolar hamda yechimini kutayotgan masalalarga bagʻishlanadi.

"Sizda ushbu masalaga oid muammo va takliflaringiz boʻlsa unda marhamat! Bizga savol yoʻllang!", — deb faol muloqotga chorlab qolgan Quronboyev.

Yangiliklar lentasi
0