Bu yilgi "Spass minorasi" harbiy orkestrlar festivali ushbu festivallar tarixida eng yorqin, eng esda qolarli bo‘li desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 26-avgust kuni kech soat 20:00da Moskvadagi Qizil maydonda dunyoning o‘nlab mamlakatidan kelgan jamlanishdi. Ochilish marosimini jozibador fransiyalik xonanda Mirey Matye ham ishtirok etdi. U Qizil maydonga "Zil" kabriolet avtomobililida (9 may paradida Sergey Shoygu minganga o‘xshash) chiqib keldi.
Umumiy hisobda ochilish marosimida 1500 dan ortiq musiqachilar ishtirok etishdi. Ular Orsida O‘zbekiston mudofaa vazirligining harbiy orkestri ham bor edi. O‘zbekistonlik harbiy musiqachilar o‘zlarining ulkan musiqa asbobi — uzunligi 2 metrdan ortiq karnaylari bilan tomoshabinlarning esida qoldi. Ochilish marosimida, shuningdek Hindiston, Misr va Shotlandiya orkestrlari chiqishlari ham qiziqarli bo‘ldi. Masalan, misrlik harbiy orkestr faronlar kiyimida maydonga chiqishdi.
Russsia Today telekanali tomonidan suratga olingan quyidagi videolavhada qo‘shimcha qiziqarli lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.