Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev yosh avlod vakillarini mukofotladi

© Press-slujba prezidenta RUz / Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mustaqilllik bayrami arafasida Shavkat Mirziyoyev oʻz mehnati bilan Oʻzbekiston rivojlanishiga munosab hissa qoʻshib kelayotgan 37 nafar yosh avlod vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Mustaqilllik bayrami arafasida, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosibhissa qoʻshib kelayotgan yosh avlodni mukofotlash toʻgʻrisidagi 5172-sonli qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport va boshqa sohalarda jonbozlik koʻrsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida quyidagilar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin”, — deyilgan qaror matnida.

Xususan, quyidagi 6 nafar yoshlar “Doʻstlik” ordeni va 31 nafar yoshlar “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Eslatib tamiz, “Doʻstlik” ordeni 1994 yilning 5-6 may kuni taʼsis etilgan. Ushbu orden turli Oʻzbekistonda yashayotgan millat vakillari orasida doʻstlik, aka-ukachilik va oʻzaro kelishib yashashga oʻz hissasini qoʻshgan kishilarga beriladi.

«Doʻstlik» ordeni bilan

Baratova Madina Xasanovna — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Sultonov Sarvarbek Toʻlqinbek oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Tadjiyev Odiljon Patixdjonovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka koʻmaklashish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Tuxtayev Xusen Mirzayevich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universitetidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi

Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati Kengashi raisi

Shukurov Elbek Xabibullayevich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi

© Uza / "Doʻstlik" ordeni
Orden Drujba - Sputnik Oʻzbekiston
"Doʻstlik" ordeni

«Shuhrat» medali bilan

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi taʼsischiligidagi «Yosh ijodkorlar uyushmasi» nodavlat notijorat tashkiloti raisi

Abdurayimov Ergash Arifdjanovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kengashi raisi

Abduraximov Begzod Joʻraboyevich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Arnasoy tumani Kengashi raisi

Avezov Islombek Ilxamovich — Xorazm viloyati Urganch shahridagi maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xususiy tadbirkor

Azimov Farrux Kaxramonovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent temir yoʻl muhandislari institutidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi

Alijonov Murodjon Ibrogimjon oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Fargʻona viloyati Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi»ning «Jasorat» klubi yetakchi mutaxassisi 

Axunov Jamshid Shodiyevich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Payariq tumani Kengashi raisi

Gʻaybulloyev Abbos Asatovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining «Gʻarbgaztaʼminot» unitar korxonasidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi

Jumamuratov Raxat Tleumuratovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisi

Zikriyayev Zokir Mamirovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Guliston davlat universitetidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi

Islamov Sherzod Xalilovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashi raisi

Ismatzoda Rabbonai Samariddin — Samarqand shahridagi «Rabbona-Koʻzmunchoq-Tekstil» oilaviy korxonasi rahbari

Qayumov Lazizjon Baxtiyorovich — Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

Qodirov Bekzod Abduraxmonovich — «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushma qoʻmitasi ommaviy-tashkiliy ishlar boʻyicha yoʻriqchisi

Qurbonov Ibratbek Gʻayrat oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati Xiva tumani Kengashi raisi

Kutfitdinov Islombek Ilxom oʻgʻli — Namangan shahridagi «Imron tekstil group» xususiy korxonasi direktori

Matkarimov Matkarim Sabirjonovich — Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Davr tort» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

Murodov Umid Abduvaliyevich — Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Nematov Laziz Alisherovich — Buxoro muhandislik-texnologiya institutining «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani oʻrinbosari

Normurodova Gulnora Ikromovna — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi boʻlim mudiri

Nusratullayev Abdulxay Shavkat oʻgʻli — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Yangi avlod tekstil» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

Pattayev Xojiakbar Shokir oʻgʻli — Namangan yoshlar markazining yosh jurnalistlar toʻgaragi rahbari

Polvonov Sherzodjon Fazlitdinovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi mudiri

Poʻlatov Uchqunbek Ulugʻberdiyevich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kengashi qoshidagi «Yosh tadbirkor» konsultativ markazi koordinatori

Rasulov Doniyor Mamazokir oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining «GM O‘zbekiston» aktsiyadorlik jamiyatidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi

Rahmatov Elyor Jumaboyevich — Toshkent davlat yuridik universiteti Moliya, bank va soliq huquqi kafedrasi oʻqituvchisi 

Raxmonova Roxat Mexmonovna — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Kengashining taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Rustamova Dilraboxon Abduraximovna — Andijon davlat universiteti oʻqituvchisi

Utkirov Muxriddin Baxriddinovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kengashining taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Shokirov Botirjon Shuxrat oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani Kengashi raisi

Shrazov Anvar Asamatdinovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi» tashkiliy-kadrlar boʻlimi mudiri.

Yangiliklar lentasi
0