TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston umumta’lim maktablarda smenali ta’lim joriy etiladi, bu haqda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora-tadbir 10-11 yillik ta’lim joriy qilinishi munosabati bilan maktablarda sinflar yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan.
"Ta’lim tizimiga 10-chi sinflarni joriy etish ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Ular bo‘yicha ish olib borishimiz kerak bo‘ladi. O‘quvchilar uchun sinflarning yetishmasligini oldini olish maqsadida smenali ta’limga o‘tamiz. Bundan tashqari, maktablarga qo‘shimcha binolarni barpo etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda", — degan Inoyatov.
Inoyatovning aytishicha, o‘quvchilarni sinflarga taqsimlash yagona muammo emas. Yana bir muhim masalalardan biri bu o‘quvchilarning mutaxassislik yo‘nalishidir. Buning uchun yangi o‘quv yilidan 10-chi sinf o‘quvchilariga umumiy fanlardan tashqari, haftada bir marta mutaxassislik bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda respublikada 10-chi sinflarda o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalasi ham hal etilgan. Maktablarga 22 ming nafar o‘qituvchi kerakligi hisoblangan. Ulardan 9,5 ming nafari oliygohlarning "pedagogika" yo‘nalishi bituruvchilaridan qabul qilinadi. Buning uchun Xalq ta’limi vazirligi hokimliklar va tegishli oliygohlar bilan shartnomalar imzolangan. Qolgan 13,5 ming nafar o‘qituvchilar avvalgi litsey va kollejlarda ishlagan o‘qituvchilar bo‘ladi.
O‘zbekistonda 10-11 yillik ta’limni joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Buning natijasida 10 sinflar uchun 12 ta fan bo‘yicha 18 ta o‘quv darsliklar joriy etildi. Shu bilan birga, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sinf o‘quvchilari uchun maxsus dastur va darsliklar maketlari tayyorlandi. Bugungi kunda 10-sinf o‘quvchilari uchun 18 mln nusxada darsliklar chop etildi.