TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.
Yo‘l-transport hodisasi Volna poselkasida yuz bergan. Aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, avtobus trassadan chiqib ketib, suvga tushib ketgan. 27 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, shulardan 8 nafari Temruk markaziy kasalxonasiga tushgan. Yana bir kishi qidirilmoqda.
Avariyaning asosiy sababi sifatida — yo‘l harakati qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.
Dengizga tushib ketgan avtobus kran yordamida qirg‘oqqa olib chiqilgan. YTH yuz bergan joyda 80 dan ortiq qutqaruvchilar va 27 ta texnika ish olib bormoqda.