TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi huzurida ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzildi, deb xabar qilindi prezident rasmiy veb-saytida.
Prezident qaroriga asosan jamg‘arma mablag‘lari maktab, kollej va litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliygohlar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya va kapital ta’mirlash, jihozlash ishlariga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma bir necha manbalar asosida shakllanadi. Ular davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit va grantlari, shuningdek xayriya mablag‘laridan iborat bo‘ladi.