TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 06:05da o‘qiladi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" nashri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Qurbon hayitining birinchi kuni 1-sentabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 2017-yil 1-sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi.
Mamlakat poytaxti Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 06:05 da o‘qiladi.
Qolgan viloyatlardagi namoz vaqtlari quyosh chiqishiga qarab bir necha daqiqaga farq qilishi mumkin, deb eslatma bergan nashr.