TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Umidjon Salimovni "O‘zavtosanoat" AJning yangi raisi etib tayinladi.
"Umidjon Salimov kecha "O‘zavtosanoat" boshqaruvi raisi sifatida tanishtirildi", — deb xabar berdi "O‘zavtosanoat" vakili RIA Novostiga.
Salimov ilgari "O‘zavtosanoat" boshqaruvi raisining texnik siyosat va lokalizatsiya bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
"O‘zavtosanoat"ni 2007-yildan buyon boshqarib kelgan Ulug‘bek Rozuqulov esa "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlangan.