Rasmiyatchilik va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan chora ko‘riladi

© Gazeta.uzZdanie senata Respubliki Uzbekistan
Zdanie senata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va ko‘zbo‘yamachilikka, soxta hisobotlar berishga, o‘rganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan tegishli ta’sir choralari belgilangan

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senati a’zolarining odobi qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritildi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar bermoqda.

Qishloqdagi uy - Sputnik O‘zbekiston
Deputat va senatorlar aholi muammolarini shaxsan o‘rganadilar

Unga ko‘ra, endilikda joylarga chiqib, aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va ko‘zbo‘yamachilikka, soxta hisobotlar berishga, o‘rganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan tegishli ta’sir choralari belgilangan. Senatorlarning internetdagi rasmiy sahifalarida fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidagi odob-axloq qoidalari yanada aniqlashtirilgan.

Qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda qabul qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0