TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Avgust oyining so‘nggi haftasida O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tariladi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-avgust kuni kechasi +15…+20, kunduzi +32…+37, 27-29 avgust kunlari kechasi +17…+22, kunduzi +34…+39 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ham havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17…+22, kunduzi +33…+38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham o‘zgaruvchan, bulutli havo bo‘ladi. Harorat 26-avgust kuni kechasi +17…+22, kunduzi +32…+37, 27-29 avgustda +34…+39 darajani tashkil etadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgaruvchan, bulutli havo bo‘ladi. 26-avgust kuni kechasi +15…+20, kunduzi +32…+37, 27-29 avgust kunlari kechasi +17…+22, kunduzi +34…+39 daraja issiq bo‘ladi.