Senatorlar To‘ytepa shahriga yangi nom berishdi

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan
Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham kiritilgan

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni boshlandi, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

Xabarda bildirilishicha, senatorlar Toshkent viloyati To‘ytepa shahri nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Unga ko‘ra, To‘ytepa shahri nomi Nurafshon shahri, deb o‘zgartirildi.

Femida haykali - Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyar Mirbabayev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi etib saylandi

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqirildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga respublikada olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0