Nukusda kelin-kuyovlar uchun maxsus qoidalar joriy etildi

© Foto : Ruslan MamedovTo‘y libosidagi qiz
To‘y libosidagi qiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelin-kuyovlar sayr qilishi mumkin bo‘lgan maydonlar soni qat’iy belgilab qo‘yildi

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Qoraqarpog‘istonda kelin-kuyovlar sayri qilishi mumkin bo‘lgan maydonlar aniq belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, to‘y korteji tarkibida bo‘ladigan avtomobillar soni ham qisqartirildi, deb xabar qilmoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

To‘y korteji - Sputnik O‘zbekiston
Endi to‘ylarda dabdabaga yo‘l qo‘yilmaydi - Prezident qarori
Kelin-kuyovlar endilikda faqatgina "Motamsaro ona", "Mirzo Ulug‘bek", "Ajiniyaz" va "Istiqlol" bolalar dam olish markazida, shuningdek shahardagi FHDYo hududlarida sayr qilishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

To‘y kortejidagi avtomobillar soni, kelin-kuyov o‘tirgan mashina bilan birga qo‘shib sanaganda 5tadan oshmasligi lozim.

Nukus shahri hokimi mahallalarda tashqiqot ishlarini olib borish to‘g‘risida qaror e’lon qilgan.

Bundan tashqari, to‘y avtomobillari ishtirokida YTHlar sodir bo‘lishini oldini olish hamda mast holatda avtomobil boshqarilmasligini qat’iy nazorat qilish maqsadida shahar bo‘ylab maxsus reydlar amalga oshirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0