TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan tog‘li G‘elon qishlog‘i ekoturizm markaziga aylantirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ushbu maqsadda qishloqdan besh nafar uylar saralab olinib u yerda sayyohlar turar joylari tashkil qilish tavsiya berildi. Xonadonlar egalari uchun esa Shaxrisabzda tashkil qilingan maxsus o‘quv seminarlarida ishtirok etishadi.
© Goskomturizma UzbekistanaG‘elon qishlog‘i manzaralari
G‘elon qishlog‘i manzaralari
Undan tashqari, qishloqqa boradigan yo‘l ham ta’mirlanib, u yerda kerakli ovqatlanish va sanitariya zonalari tashkil qilishga qaror qilindi.
16 avgust kuni G‘elon qishlog‘iga Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov soha mutaxassilari bilan birga tashrif buyurgan edi.
© Goskomturizma UzbekistanaG‘elon qishlog‘i manzaralari
G‘elon qishlog‘i manzaralari
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi kelajakda sayyoxlikning trekking, rafting, ekoturizm va etnoturizm kabi yo‘nalishlarini rivojlanitirish uchun hududlardagi so‘lim tog‘oldi qishloqlarda ham shu kabi sharoitlar yaratish bo‘yicha aholi bilan hamkorlikdagi loyihalarni davom ettiradi.
© Sputnik / Baxrom XatamovG‘elon qishlog‘i qariyalari
G‘elon qishlog‘i qariyalari
© Sputnik / Baxrom Xatamov