Shuvalov: Rossiyada ham O‘zbekiston bozorlaridek maskanlarni tashkil etishni istardik

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Igor Shuvalov
Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Igor Shuvalov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bozorlar faqat savdo majmuasi emas, ulkan madaniyat maskani hamdir. Rossiyada ham shunday bozorlar tashkil etishni istardik", - deb aytgan Rossiya hukumati birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekistonga tashrif davomida Toshkentning qadimiy, ayni paytda zamonaviy bozorlaridan birida bo‘lgan Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiyada ham shunday maskanlar bo‘lishini xohlashini aytib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston hukumati matbuot-xizmati.

"O‘zbekistonda bozorlar faqat savdo majmuasi emas, ulkan madaniyat maskani hamdir. Rossiyada ham shunday bozorlar tashkil etishni istardik", — deb aytgan Shuvalov.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi
Rossiya Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston buyuk tarix va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega, Markaziy Osiyodagi yirik mamlakat, deya e’tirof etgan.

Shuvalov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki mamlakat uchun birdek manfaatli, istiqbolli loyihalarni muhokama qilgan.

Jumladan, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish masalalariga e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlar ishtirokidagi kooperatsion loyihalar ham bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Eksport hajmini oshirish uchun temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya bozoriga yetkazib berilmoqda. Shuvalov, Rossiyada ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanliklarini ma’lm qilgan.

Shuningdek, fan-ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0