BMTning sobiq xodimi O‘zbekistondagi 11-yillik hibsdan so‘ng ozodlikka chiqdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kleti
Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U davlatga xiyonat qilish, josuslik va BMT mablag‘larini talon-taroj qilishda ayblangan

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq xodimi Erkin Musayev 11-yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqarildi, deb xabar berdi BMT yangiliklar markazi.

Musayev 2006-yilda BMT rivojlanish dasturi va Yevropa ittifoqi qo‘shma dasturining menejeri lavozimida ishlab turgan paytida hibsga olingan.

U o‘shanda davlatga xiyonat qilish, josuslik va BMT mablag‘larini talon-taroj qilishda ayblangan. Musayev o‘z aybini to‘liq inkor etgan bo‘lsa-da, unga nisbatan 15-yillik qamoq jazosi tayinlangan edi. BMT rivojlanish dasturi bu ayblovlarning birortasida asos bo‘lmaganligini bildirgandi.

"BMTning asossiz hibsga olishlarni tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi 2008-yildayoq sud majlisi adolatsiz va noxolis o‘tgani, Musayevning qo‘lga olinishi o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgani haqida xulosa bergandi", — deyiladi xabarda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Erkin Musayevning qamoqdan ozod qilinganini olqishladi.

Ilgariroq ayni paytdagi Oliy bosh komissar Zayd Ra’d al-Hussayn shu yilning may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Musayev ishini prezident Shavkat Mirziyoyevga eslatgan. Bu BMT Oliy bosh komissarining O‘zbekistonga ilk tashrifi edi.

Yangiliklar lentasi
0