Shavkatbek, Shuhratbek, Hasanboy va Husanboy: Andijonda 4 egizak dunyoga keldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishChaqaloqlar
Chaqaloqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi egizaklar Shahrixon tumanida dunyoga kelgan. Tuman hokimi oila holidan xabar olgan

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Andijonning Shahrixon tumanida to‘rttalik o‘g‘il egizaklar dunyoga keldi. Ularga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasanboy va Husanboy deya ism qo‘yishdi. Yangi mehmonlar dunyoga kelgan oiladan tuman hokimi xabar oldi, deb xabar qildi jurnalist Rustambek Arabboyev o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Rustambekning yozishicha, chaqaloqlarni uyg‘otib qo‘ymaslik uchun suratga olish ishlarini ham masofadan turib amalga oshirgan.

"Duo qilinglar, umri bilan bergan bo‘lsin. Bugun chaqaloqlar 6 kunlik bo‘lishdi", — deb yozgan yangilik muallifi o‘z sahifasida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi tug‘ilgan mehmonlarga uzoq umr ko‘rishlarini hamda rizqli-nasibali bo‘lishlarini tilashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0