Ko‘prik qurilishi sababli Toshkentdagi bir qator obyektlarda ichimlik suv bo‘lmaydi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKuxonniy kran.
Kuxonniy kran. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli Toshkent shahrining Mirobod va Yashnobod tumanlaridagi bir qator turar joy va ijtimoiy obyektlarga ichimlik suv ta’minoti to‘xtatildi

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli suv ta’minoti to‘xtalishi yoki suv bosimi pasayishi mumkinligi haqida xabar qildi "Suvsoz" davlat unitar korxonasi. 

Zatoplenie dorog v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimiyati nega ko‘chalarni suv bosayotganini aytdi

Xabarda aytilishicha, 22-avgust soat 00:00 dan 23-avgust soat 05:00 gacha ichimlik suv ta’minoti to‘xtalishi yoki suv bosimi pasayishi kuzatiladi.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar (vodovozlar) yuboriladi.

Ichimlik suv ta’minoti to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan manzillar ro‘yxati:

Mirobod tumani bo‘yicha: Salar maxallasi: 1-tor Nukus ko‘chasida; Tong Yulduzi maxallasi: Mexrjon, Qo‘shko‘prik ko‘chalarida va Inokobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan; Ruhiy kasalliklar kasalxonasi; 4-sonli Tug‘ruqxona; Xarbiy Prokuratura; Qon quyish laboratoriyasi; Bolalar ruxiy kasalliklari sanatoriyasi; Teri kasalliklari kasalxonasi.

Yashnobod tumani bo‘yicha: Cho‘lpon maxallasi: 9 qavatli uylar 2 dona, 4 qavatli uylar 11 dona; Jo‘rabek maxallasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 23; Ma’rifat maxallasi: Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, O‘sh, Sulton Sanjar, Mirg‘ob, Ma’ruf, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari; Shirinobod maxallasi: O‘sh ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Ma’ruf ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Suv bo‘yi, Axsikat ko‘chalari.

Yangiliklar lentasi
0