TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan para-atletika bo‘yicha Respublika chempionatida barcha viloyatlarda 150dan ortiq sportchilar ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Paralimpiya Assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
"Ushbu chempionatni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — iste’dodli ѐsh sportchilarni saralab olib, kelgusi yili Indoneziyaning poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Osiѐ o‘yinlarida munosib ishtirok etish", — deyilgan Assotsiatsiya xabarida.
Musobaqalar shiddatli bahslarga boy bo‘ldi. Nayza, disk, yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash hamda 100-200-400-800 metr masofaga yugurishturlari bo‘yicha sportchilar munosib ishtirok etishdi.
O‘zbekistonning 14 viloyati sportchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan musobaqada Toshkent shahri jamoasi 12ta oltin, 6ta kumush, 5ta bronza medallar bilan 1-o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rin — 10ta oltin, 7ta kumush, 1ta bronza medali olgan Toshkent viloyati jamoasiga, 3 o‘rin esa — 8ta oltin, 4ta kumush, 11ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Farg‘ona viloyati sportchilariga mansub bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi va sportchilarga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi esdalik sovg‘alari topshirildi.