TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakili Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda tasodifiy narsalarni ham ilohiylashtirmaslikni maslahat berdi.
“Tabiatda bunday tasodiflar ko‘p uchraydi, daraxt shoxida yoki yangi tug‘ilgan bola tanasining biror qismida “Olloh” yozuviga o‘xshash shakllar ko‘rinishi mumkn, lekin bundan darhol ilohiy ma’no izlamaslik kerak. Aks holda, ba’zi muammosiga yechim topa olmay yurganlar ushbu kishilar uyini ziyoratgohga aylantirib yuborishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi mulozimi.
Sputnik tahririyati bugun Samarqandda qulog‘ida “Olloh” yozuviga o‘xshash shakl bor bola tug‘ilgani haqida maktub olgan edi. Maktub bilan birga jo‘natilgan rasmda qulog‘ida arab tilidagi “Olloh” yozuviga o‘xshash shakl bor bolakayning rasmi ham bor edi.