TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. "Humo" restoranida "ortiqcha isrofgarchilik va dabdabalarsiz" umumiy to‘y o‘tkazildi, deb xabar beradi UZ24 Ayollar qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.
Yosh kelin-kuyovlarga homiylar tomonidan maishiy texnika va yotoqxona mebellari sovg‘a qilindi.
Qo‘mitadagilar bunday to‘ylar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilishdi. Buning uchun to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan oilalar bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini to‘y va oilaviy marosimlarni ixcham, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazishga chaqirgandi.