Mirziyoyev: Konvertatsiya ochilishi jarayoni og‘ir kechayapti

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chog‘ida valyuta ayirboshlash siyosatida katta ishlar qilinayotgani va bu jarayon og‘ir bo‘layotganini e’tirof etgan

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Bekobod shahriga uyushtirgan tashrifi chog‘ida shahar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: agar odamlarni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qo‘ymasak, biz xato qilaveramiz

Uchrashuv haqda ko‘rsatuv Uzbekiston 24 telekanali orqali namoyish qilindi.

Bekobod shahrida prezident Mirziyoyev valyuta ayirboshlash siyosatida katta ishlar qilinayotgani va bu jarayon og‘ir bo‘layotganini e’tirof etgan.

"Biz monitar siyosatimizda katta-katta ishlarni boshladik. Valyutamizni ayirboshlash, eng katta narsa — so‘mimizni dunyo bozoriga chiqarish bo‘yicha. Bo‘layapti, lekin og‘ir bo‘layapti. Og‘ir bo‘ladi. Bu oson ishlar emas. Yetti marta o‘lchab bir marta kesadigan narsalar. 33 million xalq orqamizda turibdi. Nevaralarimizning taqdiri bu", — degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbek so‘mlari - Sputnik O‘zbekiston
Ellik ming so‘mlik kupura O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi - ekspert fikri
Bekoboddagi uchrashuvda Mirziyoyev shuningdek, rahbarlarning kechirimli bo‘lishi va mayda gaplarga e’tibor bermasligi kerakligini alohida ta’kidladi.

"Bag‘rimiz kengroq bo‘lishi kerak, bizga yarashadi. Kechirimli xalq, kechirimli rahbar bo‘lishimiz kerak. Biz kichkina-kichkina mayda gaplarga aralashib, fisqu-fasod gaplardan yiroq bo‘lishimiz kerak. Ana shunda Xudo taolo o‘z barakasi, marhamatini ayamaydi, yurtimiz obod bo‘ladi", — degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 28-iyuldagi qaroriga asosan mahsulot va xizmatlarni eksport qiluvchi korxonalar 1-avgustidan boshlab valyuta tushumining 25 %ini davlatga sotish majburiyatidan ozod qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0