TOShKENT, 21 avg- Sputnik. Bugun 21-avgust kuni Camarqand shahar xalq deputatlari kengashi, shaharga yangi hokimni saylashdi.
Raximov Furkat Jalolovich Samarqand shahrining yangi hokimi lavozimiga tayinlandi. Ushbu ma’lumotni Sputnik muxbiriga shahar ma’muriyatida tasdiqlashdi.
Raximov Furkat Jalolovich bundan oldin Bulung‘ur tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Samarqandning sobiq hokimi Raximov Voxid Sanaqulovich Paxtachi tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Voxid Sanaqulovich 2017-yilning 3-fevralida Samarqand shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.