TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Xonanda Rayhon G‘aniyeva Qozog‘istonda o‘tkazilgan Star of Asia festivali sovrindoriga aylandi.
Xonanda bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, musiqiy shou to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali Yer sharining 118ta davlatiga translyatsiya qilingan. Bu esa butun Yevropa, Osiyo va Amerika deganidir.
Qozog‘iston24 nashri ma’lumotiga ko‘ra, ulkan meteorit ko‘rinishida yasalgan sahnada O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlardan ham xonandalar chiqishi rejalashtirilgan.