TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toshkent ko‘chalarida 16-avgustdan boshlab motosiklli YPX xodimlari paydo bo‘ldi. bugun shahar IIBB YPXning motosiklli guruhi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, motosiklchilar guruhiga faqat “A” guruh transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan inspektorlar tanlab olinganini va ular ikki oy davomida maxsus tayyorlov kursidan o‘tganini xabar qildi.
Ushbu guruhning asosiy vazifasi — yo‘l harakatining yetib borish qiyin bo‘lgan qismlarida, odam gavjum joylarda harakat xavfsizligini saqlashdir.
Yo‘lning biroq qismida YTH sodir bo‘lsa, yoki ishlamayotgan svetofor tumanli tirband hosil bo‘lsa motosiklchi inspektor avtomobildan ko‘ra tezroq yetib borib vaziyatni boshqarishi mumkin.
Shuningdek, avtomobil yo‘li berkilib qolgan, favqulodda zarur hollarda motosklchi inspektor piyodalar yo‘lagidan ham harakatlanishi mumkin. YPX nozirlari to‘rt silindrli Honda motosikllari bilan jihozlangan. Ularnig tezligi 180 km ga yetishi mumkin.
Ayni damda motosiklchi inspektorlar divizioni, sinov tariqasida faqat Toshkent shahrida ishga tushgan. Kelajakda ular Samarqand va Xorazm viloyatlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.