Kichik halqa yo‘lining Eski ToshMIdan Shimoliy vokzalgacha bo‘lgan qismi yopiladi

© nuz.uzRemont Maloy kolsevoy dorogi v Tashkente
Remont Maloy kolsevoy dorogi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayta ta’mirlash munosabati bilan Toshkent Kichik halqa yo‘lining bir bo‘lagi to‘rt kunga avtomobil harakati uchun yopiladi.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Qayta ta’mirlash munosabati bilan Toshkent Kichik halqa yo‘lining bir bo‘lagi to‘rt kunga avtomobil harakati uchun yopiladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi Toshkent IIB xabariga asosan.

"Toshkent Kichik halqa yo‘lining Maxtumquli (Eski ToshMI) ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha (Shimoliy vokzal) bo‘lgan qismi avtotransport harakati uchun 21-avgustdan 24-avgustga qadar yopiladi", — deyilgan xabarda.  

Bunga sabab Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishgan joydagi ko‘prikning ta’mirlanishi ekan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy vokzal yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish haqidagi qaror ushbu yilning mart oyida qabul qilingan edi. May oyining oxirida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Uzunligi 346, kengligi 30 metr bo‘lgan ko‘prik qayta ta’mirlanadi va unga uzunligi 281 va kengligi 22 metr bo‘lgan yangi bo‘lak qo‘shiladi. Ko‘prikning ikki chetidan piyodalar yo‘laklari quriladi.

Yangiliklar lentasi
0