Xorazm barchani raqs festivaliga chorlamoqda

© Turizm Qo‘mitasi matbuot-xizmatiXorazmda "Raqs sehri" festivali
Xorazmda Raqs sehri festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘mita barcha san’at shaydolarini mazkur festivalga taklif qilib qolgan

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonning o‘ziga xos betakror milliy raqs san’atini butun dunyoga namoyish etish va viloyatimizda "Art" turizmini rivojlantirish maqsadida, joriy yilning 7-9 sentabr kunlari Xiva shahri "Ichan qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida navbatdagi "Raqs sehri" xalqaro festivali o‘tkaziladi, deb xabar qildi Turizm qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Festivalda chet el raqs guruhlari, Respublikamiz viloyatlaridan turli raqs guruhlvri va ansambllar ishtirok etadi.

Saykal Jumaliyeva - Ijtimoiy tarmoqlardan olingan surat - Sputnik O‘zbekiston
Beyons kabi raqs tushayotgan qirg‘izistonlik Saykal ijtimoiy tarmoqlar "yulduzi"ga aylanmoqda
Festival doirasida, turli raqslar va raqs ustalari tomonidan turli master klasslar, ijodiy uchrashuvlar, folklor guruhlar va ansabllar chiqishlari, animatsion shoular, sahnalashtirilgan tomoshalar, qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari, hunarmandlar ko‘rgazmalari, milliy taomlar va milliy liboslar ko‘rgazmalari, milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar (qo‘chqorlar va xo‘rozlar jangi), tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi hamda "O‘zbekiston raqs san’ati tarixi" fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Qo‘mita barcha san’at shaydolarini mazkur festivalga taklif qilib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0