TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Ilgariroq Samarqand shahrining markazida — "Registon" maydoni yaqinida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilgani haqida xabar qilgan edik.
Ayni vaqtda haykalning ustiga oq mato yopib qo‘yilgan, maydon atrofida muzey va xiyobon barpo etish ishlari hali yakuniga yetgani yo‘q. Haykal qad rostlagan hududda shu kechayu-kunduzda quruvchilar plitka taxlash va boshqa obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.
Islom Karimov dafn etilgan Shohi Zinda qabristonida ham mavzoley qurilishi ishlari avjida. Mavzoley atrofida yashil tomli besedkalar qurilmoqda.

Podgotovka k otkritiyu pamatnika Islamu Karimovu v Samarkande
© Foto ochevidsa
Samarqandda shuningdek, ikkinchi tramvay liniyasini qurish ishlari ham davom etmoqda.
Shahar 1 — sentabr Mustaqillik bayramini yanada chiroy ochib kutib olishga hozirlik ko‘rapti.

Jenshina polet travu
© Foto ochevidsa

