Michelin kelajak g‘ildiragini taqdim etdi

© MichelinMichelin Vision shina budushego
Michelin Vision shina budushego - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyodagi eng yirik va tajribali g‘ildirak ishlab chiqaruvchi korxona havosiz va disksiz avtomobil g‘ildiragini taqdim etdi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Fransiyaning Michelin konserni kelajak avtomobil g‘ildiragini taqdim etdi. Yangi g‘ildirak bugungi shinalarga qaraganda bir necha muhim ustunliklarga ega.

Michelin VISION  ham shina ham disk vazifasini o‘taydi. Ichida havo bo‘lmagani tufayli u teshilmaydi. Ustki rezina qatlami yeyilib ketsa uni 3d printerda qaytadan chop etish mumkin. Va to‘rtinchisi, qish kelganda uning ustiga qishgi shina surati chizib olinsa bo‘ldi, to‘liq almashtirish kerak emas.

Yangi shinaning nomi Michelin VISION bo‘lib u bir vaqtning o‘zida ham shina ham disk vazifasini o‘taydi. G‘ildirakning asosi o‘rgimchak ini shaklidagi mustahkam setkadan iborat  bo‘lib, uning ustki qatlamida rezina qoplami bo‘ladi.

G‘ildirak zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ustki qatlami yeyilib ketsa, maxsus ustaxonada 3d printer orqali qaytadan chop etilishi mumkin.

Michelin xabariga ko‘ra, bugungi kunda bir dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish uchun 35-38 litr neft kerak bo‘lar ekan. Ustiga ustak, yaroqsiz holga kelgan avtomobil shinalari esa musorga aylanib yer shariga  ulkan ekologik zarar keltirar ekan.

Michelin kompaniyasi taklif qilayotgan yangi shina yuqoridagi ekologik muammolarni muvaffaqiyatli hal qiladi va uni tez tez yangilash talab qilinmaydi. Yangi g‘ildirak tarkibida apelsin sedrasi, bambuk, melassa, yog‘och va natural kauchuk kabi  organik moddalar bor. Ular o‘zidan taksik moddalar chiqarmaydi va ekologik toza.

Yangiliklar lentasi
0