MXX xodimlari Jizzaxda viloyat sudining sudyasini qo‘lga olishdi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U pora evaziga Nafisa Hasanovaning turmush o‘rtog‘i No‘mon Hasanovga qo‘yilayotgan ayblovlarni kassatsion sudda ko‘rib chiqishga va’da bergan

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi Yunus Sidiqovni qo‘lga olishdi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, u fuqaro Nafisa Hasanovadan 300 dollar va 500 ming so‘m pul olgan.

U bu pullarga Nafisa Hasanovaning turmush o‘rtog‘i No‘mon Hasanovga qo‘yilayotgan ayblovlarni kassatsion sudda ko‘rib chiqishga va’da bergan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0