O‘zbekistonlik olimlar sho‘r yerlarni yuvish usulini ixtiro qilishdi

Obuna bo‘lish
Intellektual mulk agentligining xabariga ko‘ra, mualliflarga foydali modellari uchun FAP 01216 raqamli patent berilgan

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar sho‘r yerlarni yuvish usulini ixtiro qilishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston 24.

Xabarda aytilishicha, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti mutaxassislari Dilmurod Axmedjonov va Fazliddin Jurayev tomonidan shakllantirilgan drenaj sifatini oshirish va sho‘rxok yerlarning sho‘rini yuvishda mehnat sarfini kamaytiruvchi qurilma ixtiro qilingan.

Laboratoriya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek olimlari surunkali bosh miya ishemiyasini davolash usulini ixtiro qilishdi
Tuynukli drenaj ochuvchi qurilma ramadan, unga o‘rnatilgan tekis po‘lat pichoq ko‘rinishidagi ustundan iborat bo‘lib, uning old qismiga to‘lqinsimon burg‘i mahkamlangan, orqa tomonida esa — uning quyi qismiga silindr ko‘rinishidagi, konus shaklida yonboshga ega almashtiriladigan tuynuk ochgichga ulangan tros biriktirilgan.

Qurilma ustunga bog‘langan va tros ichiga ichi bo‘sh bir o‘zak ko‘rinishida ketma-ket joylashtirilgan shlang bilan ta’minlangan, o‘zak atrofida purkagichga ulangan va silindr ichidan o‘tgan po‘lat simlardan iborat to‘r joylangan.

Intellektual mulk agentligining xabariga ko‘ra, mualliflarga foydali modellari uchun FAP 01216 raqamli patent berilgan.

Yangiliklar lentasi
0