O‘zMU Janubiy Koreya hamkorligida raqamli ma’lumotlar boshqaruviga oid anjuman o‘tkazadi

O‘zMU Janubiy Koreya bilan yirik ma’lumotlar bazasi ilovalarini tashkil etadi
O‘zMU Janubiy Koreya bilan yirik ma’lumotlar bazasi ilovalarini tashkil etadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti bilan birgalikda 15-17 avgust kunlari ma’lumotlar bazasi ilovalarini tashkil etish va ta’minlash nomi ostida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazadi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti bilan birgalikda 2017-yilning 15-17 avgust kunlari Big data applications and services (Ma’lumotlar bazasi ilovalarini tashkil etish va ta’minlash) nomi ostida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazadi.

Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Milliy universitetning 10 ta fakultetida qo‘shimcha sirtqi bo‘limlar ochildi
Mazkur konferensiyani tashkil etishdan maqsad — innovatsion xulosalar haqida tasavvurga ega bo‘lish, akademik va industrial o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yirik ma’lumotlar bazasi yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar hamkorligini rivojlantirish va umumjahon raqamli ma’lumotlari bo‘yicha boshqaruvni amalga oshirishdir.

Milliy universitetning olimlari va iste’dodli yoshlari bilan birgalikda konferensiyada Toshkentdagi INXA, Vestminstr, TATU universitetetlari vakillari, Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti, AJOU universitetining tadqiqotlar va rivojlanish Markazi, Janubiy Koreyaning Kongxi universiteti, Milliy Xavasizlikning tadqiqotlar instituti, Elektronika va telekommunikatsiya tadqiqotlar instituti, Kungmin Janubiy Koreya universitetei, Kyunpuk Milliy universiteti, Sok Muyung Xotin-qizlar universiteti, Kangvon Milliy universiteti, Bangladeshning ilm va Axborot texologiyalari universitetlari vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlar olimlari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zMU sirtqi ta’lim bo‘limga qabul e’lon qildi
Umumiy horijiy ishtirokchilar soni — 70 kishidan iborat.

Konferensiya doirasida zamonaviy IKT va kompyuter texnologiyalarining ilmiy-amaliy aspektlari va dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashinadi. Konferensiyada quyidagi mavzular kengroq o‘rganilishi rejalashtirilgan:

— Ma’lumotlar bazasining modeli va algoritmlari;

— ma’lumotlar bazasi ilovalari va arxitektura;

— ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

— ma’lumotlar bazasining axborot xavfsizligi;

— ma’lumotlar bazasini vizuallashtirish;

Xalqaro Press-klub yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi inspeksiya ochiladi
- ijtimoiy tarmoqlar tahlili;

— ma’lumotlar bazasi va elektron hukumat;

— ma’lumotlar bazasidan sanoatda foydalanish;

— biznesdagi ma’lumotlar bazasining roli.

Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va davra suhbati, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslarida yetakchi xorij olimlarining ma’ruzalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0