O‘zbek avtosanoati 2016-yilda 30,7 mlrd so‘m daromad qildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rilgan daromadning yarmi davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan

TOShKENT, 15-avgust — Sputnik. 2016 yilda respublika avtomobilsozlik sanoati korxonalari 30,7 mlrd so‘m daromad ko‘rdi, deb xabar qilmoqda "O‘zavtosanoat" AJ.

Avtoprom - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev o‘zbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi

Ko‘rilgan daromadning yarmi —15,3 mlrd so‘mdan ortiqrog‘i — davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan.

Xabarda aytilishicha, sof daromadning 45%i —13,8 mlrd so‘mdan ortiqrog‘i — 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida avtosanoatga yo‘naltirish uchun qoldirildi.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish dasturi umumiy qiymati 835 mln dollarlik 51 investitsion loyihani amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Xususan, ikkita yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

2021 yilga kelib ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshishi, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbati 12,5%ga qisqarishi, sohada band bo‘lganlar soni 29,4 ming nafarga yetishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0