Bugun Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochiladi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaSeremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande
Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning may oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Birinchi Prezident Islom Karimovning eng yaxshi portreti tanlovi e’lon qilingandi

TOShKENT, 15-avgust — Sputnik. Bugun  Toshkent Fotosuratlar Uyida  O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda Islom Karimov portretini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov natijalari bo‘yicha badiiy ko‘rgazma ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Birinchi Prezidentiga haykal yaratish tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov haykali namunalari ko‘rgazmasi boshlandi

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Birinchi Prezident Islom Karimovning eng yaxshi portreti tanlovi e’lon qilingandi.

Ilgariroq O‘zbekistonda “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingandi. Ko‘rik-tanlovga 2016–2017 yillarda respublika hamda xorij gazeta va jurnallarida chop etilgan, internet nashrlarida berilgan materiallar 2017-yilning 31-dekabrigacha qabul qilinadi.  Ko‘rik-tanlov g‘olibi maxsus diplom va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0