Toshkent city haqida feysbuk foydalanuvchilari nima demoqda

© mytashkent.uzToshkent-siti
Toshkent-siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent-siti” - ishbilarmonlik markazi haqidagi navbatdagi yangilik ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Toshkentda yangi quriladigan “Toshkent-siti” – Xalqaro ishbilarmonlar markazining qurilish joyi tasdiqlandi.

Xususan, u Olmazor-o‘qchi mavzeida, Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida joylashgan bo‘ladi, deb xabar  qilmoqda Podrobno.uz nashri, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan.

Bugungi kunda, Toshkentning ushbu bo‘lagida “O‘zbekkino” milliy agentligi, Forum fondi binosi joylashgan. Shuningdek, hududning uch tomonida Bunyodkor, O‘zbekiston, Alisher Navoiy metro bekatlari joylashgan.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahar hokimiyati avgust oyining oxiriga qadar vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda buziladigan uylarni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Ushbu ma’lumotlar asosida ushbu hududda yashayotgan aholiga badal to‘lovlari miqdori hal qilinadi.

Shuningdek, hukumat Sentabr oyining oxiriga qadar Toshkent City loyihasining batafsil rejasini ishlab chiqishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Toshkentboshplan” tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent City ishbilarmonlik markazi bir necha biznes markazlari, mehmonxonalar, kafe va restoranlar hamda savdo markazlaridan iborat bo‘lib, uning umumiy qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Markaz 70 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangilik e’lon qilinganidan keyin Facebookda u haqida ko‘plab fikrlar bildirildi. Ulardan ayrimlarini quyida keltiramiz:

“Chiroyli bo‘lar ekan, men faqat “ha” deyman”, — degan Nugmanov Djamshid ismli foydalanuvchi.

Proyekt budushego delovogo sentra Tashkent-Siti - Sputnik O‘zbekiston
"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar

“Ushbu loyiha 1960-yillarda ishlab chiqilgan va asoslab berilgan, Toshkentning ikki markazlari Amir Temur xiyoboni va Chorsu orasida park hududi tashkil qilish g‘oyasini butunlay barbod qiladi”, — degan Yevgeniy Sklyarovskiy ismli foydalanuvchi.

“Nima keragi bor? Axir Toshkentda shuncha biznes markazlari bo‘sh yotibdi-ku!”, — deb kuyingan Farida Charif ismli foydalanuvchi.

 “Shunday bo‘lishi kerak, bu poytaxt. Qishloqcha fikr yuritmaslik kerak”, — deb o‘z fikrini aytgan Baytursin Karimbayev.

“Qurilish kompaniyasida birov bilan gaplashuvdim, ular orasida 42 qavatli bino ham bo‘lar ekan”, — deb yozgan Shoxrux Nigmanov.

“Bularning hammasiga pulni qayerdan olamiz. Balkim avval iqtisodning xo‘jalik sektorlarini rivojlantirish, metro qurilishini tezlatish, yo‘llar sifatini, piyodalar yo‘laklarini, bozorlardagi sharoitlarni yaxshilab, keyin ushbu loyihaga qaytish kerakdir? Shaharda shundoq ham bo‘sh binolar ko‘p-ku?!”, — deb fikr bildirgan Baxrom Adashev.

Yangiliklar lentasi
0