TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Butunjahon Taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Von Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasida mehmon bo‘ldi.
12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tashrif davomida Cho Chung Von Assotsiatsiyaning yangi binosi va sport inshootlari bilan tanishdi hamda para-taekvando sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Umumjahon Tayekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonning Toshkentga tashrifi
© Natsionalnaya Paralimpiyskaya assotsiatsiya Uzbekistana
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Taekvondo (WTF) Assotsiatsiyasi xamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Umumjahon Tayekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonning Toshkentga tashrifi
© Natsionalnaya Paralimpiyskaya assotsiatsiya Uzbekistana
