TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Ushbu kunlarda Issiq-koʻlda dam olayotgan sayyohlar qor qoplagan plyajlar aks etgan videolavha suratga olishdi.
Dam oluvchilar aytishiga qaraganda, 30 darajali issiqdan keyin kuchli yomgʻir va jala yoqqan, keyinchalik u qorga aylangan.
"2017 yil 12 avgust. Bunga hech kim ishonmaydi… Issiq-Koʻlga haqiqiy qish keldi… Havo harorati 15-16 daraja", — deb izoh bergan videolavhaga dam oluvchi kishi.
Sinoptiklar aytishiga qaraganda, Issiq-Koʻlda yoz oyida qor yogʻishi — bu juda kam uchraydigan holat ekan, lekin boʻlib turar ekan. Buning sababi Issiq-Koʻlning togʻli choʻqqilar qurshovida joylashganligi ekan. Shuning uchun bu yerda baʼzan yozda ham qor yogʻishi mumkin ekan.