Jamiyat

AQShning Sharlottsville shahrida favqulodda vaziyat va kommendant soati eʼlon qilindi

© Sputnik / Aleksey Agarыshev / Mediabankka oʻtishSotrudniki amerikanskoy politsii na ulitse goroda Baltimora
Sotrudniki amerikanskoy politsii na ulitse goroda Baltimora - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shaharga boshqa shtatlardan "ultra oʻng" qarashli fuqarolar oqib kelishi va tartibsizliklar soni oshishi munosabati bilan, hukumat favqulodda vaziyat eʼlon qilgan va kommendant soati kiritishga majbur boʻlgan.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. AQShning Virginiya shtati politsiyasi Sharlottsville shahrida millatchilik tarafdorlari va qarshilari namoyishlaridan keyin uch kishini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Politsiya xabariga koʻra, namoyish vaqtida Ohayyo shtatining 20 yoshli fuqarosi yengil avtomobilni katta tezlikda namoyishchilar ustiga yoʻnaltirgan. Oqibatda bir kishi qurbon boʻlgan 34 kishi tan jarohati olgan.VIDEO: Car slams into group of people during protests in Charlottesville, Virginia; reports of serious injuries (Vid: Rebelutionary_Z) pic.twitter.com/Gf5qMf64u9

Jinoyatni sodir etgan Djeyms Aleks Filds odam oʻldirishda va tan jarohati yetkizishda ayblanmoqda.

​​​Ushbu voqeadan ikki soat oʻtib shahar Gʻarbida politsiya vertolyoti qulab tushib ikki nafar politsiyachi qurbon boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan bir necha kun oldin Sharlottsville shahri maʼmuriyati shahardagi "Emansipatsiya bogʻi"dan Konfederatsiya armiyasi generali Robert Edvard Lining haykalini olib tashlamoqchi boʻlgan. Bunga shahardagi millatchi tashkilotlar vakillari qarshi chiqib, tunda mashʼalali namoyish oʻtkazishgan.

Ustiga ustak boshqa shtatlardan ham "Ku-klus-klan" va neonatsist tashkilot vakillari shaharga oqib kela boshlagan edi.Ayni damda Sharlottsvilleda 2 mingdan 6 minggacha "ultra oʻng" qarashlarga ega boʻlgan fuqarolar toʻplangan. Shundan soʻng Sharlottsville hukumati shaharda favqulodda vaziyat eʼlon qilgan va kommendant soati kiritishga majbur boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0