TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira – Iskandariya temir yo‘l yo‘nalishida sodir bo‘lgan mudhish halokat natijasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek, Xitoyning Shensi provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.