TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. Migratsiya xizmati xodimlari 2016-yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxsni qo‘lga oldi deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston Almati viloyati ichki ishlar bo‘limi matbuot xizmatiga tayanib.
1987 yilda tug‘ilgan ushbu shaxs Kendala posolkasida Talgar tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
"U o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirgani sababli O‘zbekiston huquq tartibot organlari tomonidan o‘tgan yilning oktabridan buyon qidiruvda bo‘lgan. Mazkur shaxs turli qurilish obyektlarida ishlab yashirinib yurgan. Gumondorning shaxsi qidiruvda bo‘lganlar maxsus bazasi bo‘yicha aniqlandi. Hozirda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", — deb xabar qildi politsiya mahkamasi.