Moskvada o‘zbekistonlikni o‘z quroli bilan otib ketishdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMashina pravooxranitelnix organov
Mashina pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning ko‘kragiga o‘q uzishgan hamda boshiga bir necha marta urishgan

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi va noma’lum shaxslar o‘rtasida janjal kelib chiqqan, deb xabar bermoqda Moskvaning Cheromushki tumani boshqaruvi.

"Janjal vaqtida u yonidan jarohat yetkazuvchi to‘pponcha chiqargan, ammo u bilan janjallashayotganlar to‘pponchasini tortib olishgan. Uning ko‘kragiga o‘q uzishgan hamda boshiga bir necha marta urishgan. Shundan so‘ng qochib ketishgan", — deyiladi xabarda.

Jarohatlangan o‘zbekistonlik Moskvadagi Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib kelingan. Politsiya holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda jinoyatchilarni qidirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0