TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. 8-avgust kuni ertalab muqaddam sudlangan Matluba Aminova Chilonzor tumanida joylashgan "Abu-Saxiy" gipermarketining do‘konida Shirin Furkatova chalg‘iganligidan foydalanib, uning 500 ming so‘m pulini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat joyida ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining o‘g‘irlikka suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.