Namangan viloyati hokimi: o‘qituvchiga o‘z ishini qildirmadik, fermerga bog‘ladik

Obuna bo‘lish
"Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga"- deya javob berdi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. Bugun Xalqaro press klub  tomonidan  Namangan viloyati rahbarlari bilan jonli efirda suhbat olib borildi, deb xabar berilmoqda O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi saytida.

Xabarda aytilishicha, jonli muloqotda fuqaro Sohibjon Bobojonov ko‘pdan beri ijtimoiy tarmoqlarda muhokama etilayotgan muammo, ya’ni o‘qituvchilarning obodonlashtirish ishlariga haligacha jalb etilib kelinayotgani haqida savol berdi.

Shavkat Mirziyoyev - O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchi kasbi dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb"

“Bu bor haqiqat, buni yashirib bo‘lmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq xo‘jaligi ishlarida ham ishlatib keldik. O‘qituvchini o‘zini ishini qildirmadik, fermerga bog‘ladik. Vrachlarimizga o‘z ishini qildirmadik, QVP da o‘z ishlari qolib, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishdi. Natijada nima bo‘ldi, natijada bugun onalar o‘limi oshdi, go‘daklar o‘limi oshdi, lekin hech kim QVP ga yordam bergani yo‘q. Qachonki endi biz ko‘zimizni ochib ko‘rsakki, qanaqadir og‘ir ahvolda. Shuning uchun qat’iy cheklangan hozir, o‘qituvchilarimizni, umuman budjet xodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bo‘lsaki mayli, shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bo‘lsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga ”- deya javob berdi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

"Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev Yaponiya davlatining rivojlanishida ta’lim sohasi egalarining hissasi qanchalik beqiyos ekani, shu boisdan ular qanchalik e’zozda ekanligi to‘g‘risida gapirdi", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0