TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayrim viloyatlarda sel kelishidan ogohlantirdi.
"O‘zgidromet" markazining ma’lumotiga ko‘ra, 11-13 avgust kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li va tog‘ oldi hududlariga sel oqimlari kelishi xavfi mavjud.
Vazirlik shu bois ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan.