Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Olmaliq shahrida qurilishi ko‘zda tutilayotgan yangi ijtimoiy obyektlar va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda.

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, davlat rahbari dastlab “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining 2-bosqichi” investitsion loyihasi ishlarini boshlash tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Umumiy qiymati 1696,2 million AQSh dollarilik mazkur investitsion loyiha to‘liq ishga tushirilgach, 2028-yilga borib, rudani qazib olish 23 million tonnaga, misni ishlab chiqarish 42 ming tonnaga, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmi 30,5% ga ortadi. Bu yerda 10 mingga yaqin kishi va qo‘shimcha infrastruktura hisobiga yana minglab aholi yangi ish o‘rni bilan ta’minlanadi.

V Almalike zalojili osnovu dlya shaxti Dalnyaya - Sputnik O‘zbekiston
Prezident "Dalnee" konida tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev shu yerning o‘zida kombinat faollari, yoshlar vakillari bilan uchrashdi. Ularning o‘y-xayollari, dardu tashvishlari bilan qiziqib, ular bilan samimiy muloqot qildi. Bu yerda shuningdek, kombinat xodimlarining ijtimoiy muhofazasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. 2017-2021 yillarda 400 oilaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktabgacha ta’lim muassasasi va 240 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta yotoqxona quriladi.

Shundan so‘ng, prezident monitorda aks ettirilgan portlatish tugmasini bosib, davlat rahbarining tashabbusi bilan nomlangan yangi “Yoshlik” konining birinchi portlatish tadbirida xam ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti Olmaliq shahrida qurilishi ko‘zda tutilayotgan yangi ijtimoiy obyektlar va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda. Olmaliq shahrining 2035-yilga mo‘ljallangan bosh rejasiga muvofiq, endilikda shaharda 10 ta 7 qavatli zamonaviy arzon uy, barcha talablarga javob beradigan dehqon bozori, gipermarket, aholining ko‘ngildagidek hordiq chiqarishi uchun madaniyat va istirohat bog‘lari, bolalar shifoxonalari, yosh ijodkorlar uyi va boshqa ijtimoiy obyektlar bunyod etiladi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, shahar markazining 5-2 massivida qad ko‘tarayotgan 7 qavatli arzon uylarni qurish jarayoni bilan tanishdi va aholini 2-3 xonali uylar bilan ta’minlashga qaratilgan ushbu loyiha yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0