Ko‘zini qisgan deputat internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan
Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Studiyadagilardan birining e’tiroziga javob qaytargan deputat partiyadoshlari tomon qaragancha astagina ko‘z qisib qo‘ygan

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilfuza  Jalilovaning bevosita efir vaqtidagi harakati o‘zbekistonliklarning norozilik va e’tirozlariga sabab bo‘ldi, deb yozadi Podrobno.uz.

Ma’lum qilinishicha, “Munosabat” ko‘rsatuviga “Adolat” va “Milliy tiklanish” partiyalari vakillari taklif etilgan. Bevosita muloqot chog‘ida O‘zbekistondan o‘g‘irlab olib chiqib ketilgan Chashmai Ayyub maqbarasi bo‘lagi borasida bahs yuzaga kelgan.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlarga “Qani Buxoro viloyati kengashining roli, Qonunchilik palatasi deputatlarining qonun ijrosi bo‘yicha nazorati qani?” deya savol berilgan.

Studiyadagilardan birining “Sizlarning rolinglar yo‘q” degan e’tiroziga Oliy Majlis deputati Dilfuza Jalilova “Bor, bor, bor rolimiz” deya javob qaytargan. Shu so‘zlardan so‘ng u partiyadoshlari tomon qaragan va astagina ko‘z qisib qo‘ygan.

Ushbu holat tasvirlangan videolavha internet tarmog‘ida tarqalib ketdi va aksariyat foydalanuvchilar deputatning xatti-harakatidan so‘ng uning so‘zlarini yolg‘onchilik deb baholadilar.

Yangiliklar lentasi
0