TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Facebookdagi Samarkand Auto Club guruhida Samarqand shahrida turli rangdagi sharlar bilan bezatilgan tramvay tasvirga olingan lavha joylashtirildi.
Videolavhada tramvayda yosh yigit va qizdan boshqa hech kim yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Guruh a’zolaridan biri "endi sevishganlar dabdabali to‘ylar va uzun kortejlar o‘rniga jamoat transportini ijaraga olishadi" deya hazilomuz izoh qoldirgan.
Videolavhani guruhda joylashtirgan foydalanuvchi esa "Ha, mana senga romantika", — deb izohlagan.
Internet foylanuvchilari yoshlarning bunday antiqa tanlovini qo‘llab-quvvatlashgan.