TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. "O‘zbekiston pochtasi" bo‘limlarida "O‘zPaynet" xizmati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, "O‘zbekiston pochtasi" AJ va "O‘zPaynet" MChJ o‘rtasida jismoniy shaxslardan pochta aloqasi obyektlarida "O‘zPaynet" dasturiy-apparat kompleksi orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Unga ko‘ra, pochta aloqasi obyektlari orqali jismoniy shaxslardan "O‘zPaynet" dasturiy-apparat kompleksida mavjud bo‘lgan barcha xizmatlar uchun to‘lovlar qabul qilinadi va ushbu tizimni jamiyatning barcha kompyuterlashtirilgan aloqa bo‘limlarida joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.